Jahon banki O‘zbekistonda elektr taqsimlash tizimini modernizatsiya qilishga 100 mln dollar ajratdi
Foto: Gazeta.uz
Maqola
Gazeta.uz xabariga ko‘ra, Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekistonda elektr energiyasini taqsimlash tizimining samaradorligi va ishonchliligini oshirish uchun 100 million dollar miqdoridagi qarzni ma’qulladi. Elektr taqsimlash tizimlarini modernizatsiya qilish dasturi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilib, butun mamlakat bo‘ylab 60 ta asosiy podstansiyani modernizatsiya qilish va raqamlashtirishni nazarda tutadi.
Dastur doirasida 2031-yilga borib modernizatsiya qilingan podstansiyalarda elektr energiyasining yillik yo‘qotishlari 20 ming megavatt-soatga qisqarishi kutilmoqda. Shuningdek, elektr tarmog‘iga kamida 3,3 GVt qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini integratsiya qilish hamda yiliga qariyb 23 ming tonna karbonat angidrid ekvivalentidagi issiqxona gazlari chiqindilarining oldini olish uchun sharoit yaratiladi. Ob’ektlar ishga tushirilgandan keyin besh yil ichida 11,7 mingga yaqin qo‘shimcha ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Jahon banki mazkur dasturni Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda moliyalashtirmoqda. ATB 30-sentabr kuni 200 million dollar qarz ajratishni ma’qullagan edi. O‘zbekiston hukumati tomonidan davlat budjetidan ajratiladigan 71 million dollar bilan birgalikda dasturni moliyalashtirishning umumiy hajmi 371 million dollarni tashkil etadi.
Spot.uz xabariga ko‘ra, ilgari Turkiston Bankka tegishli bo‘lgan mobil ma’lumotlar markazi E-auksion platformasi orqali sotuvga chiqarildi. Mulk bank kreditorlari yig‘ilishining oktabr oyi oxirida qabul qilingan qaroriga asosan sotilmoqda. Turkiston Bank 2022-yil oktabr oyida bankrot bo‘lgan, 2023-yil fevral oyida esa iqtisodiy sud kredit tashkilotini bankrot deb topgan.
Gazeta.uz nashrining xabar berishicha, 7-noyabr kuni Toshkent viloyatida 500 kV kuchlanishli “Koltsevaya” podstansiyasi foydalanishga topshirildi. Ushbu obyekt poytaxt va Toshkent viloyatining bir qismida elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish hamda mavjud elektr tarmoqlariga tushadigan yuklamani taqsimlash imkonini beradi. O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Jahon banki ishtirokida amalga oshirilgan loyihaning umumiy qiymati 171,4 million AQSH dollarini tashkil etdi.
Muloqotni boshlang
Keyingi qadamni birga belgilaymiz.
Yangi imkoniyat, texnik masala yoki hamkorlik g‘oyangizni biz bilan muhokama qiling.